MITUZ

#MITUZ2016 sog`lom axborot muhiti sari!

MILLIY INTERNET TANLOVI

Anketa yuborish Nominatsiyalar

MILLIY INTERNET TANLOVI

rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Milliy Internet Tanlovi (#MITUZ2016) 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun e‘lon qilingan milliy tanlov bo‘lib, unda dasturchilar, dizaynerlar, robototexniklar, jurnalistlar hamda blogerlar qatnashishi mumkin

Chrome iPad iPad

TANLOV NIZOMI

Tanlov nizomi bilan to‘liq tanishib chiqing

TANLOVNING ASOSIY MAQSADI

Batafsil...

TANLOVNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH

Batafsil...

TASHKILIY QO‘MITA HAMDA ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Batafsil...

TANLOV SHARTLARI VA BAHOLASH MEZONLARI

Batafsil...

G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH

Batafsil...

YAKUNIY QOIDALAR

Batafsil...

4449

BARCHA ISHTIROKCHILAR SONI 2013-2016

82

BARCHA G‘OLIBLAR SONI 2013-2015

1249

KELIB TUSHGAN ANKETALAR SONI #MITUZ2016

Tanlov haqida fikrlar

“Yoshlar tashabbusi bilan “MIT.uz” – milliy internet tanlovining tashkil etilishi davlatimizning axborot xavfsizligini ta'minlash borasidagi muhim qadamlaridan biri bo'ldi. Zero tanlovning bosh maqsadi – yoshlarning tengdoshlari uchun yaratgan eng yaxshi internet resurslarni ko'paytirish va ularni rag'batlantirish, internetdan axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning milliy segmentini rivojlantirishdan iborat.”
“XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Bugun zamonaviy yoshlarning deyarli har bir kuni internet bilan bog'liq bo'lib bormoqda. Ammo internet olamining ayrim jihatlari yoshlar ma'naviy ongiga salbiy ta'sir o'tkazishini ham unutmasligimiz zarur. Yurtimiz yoshlarining sevimli tanloviga aylanib ulgurgan “MIT.uz” – milliy internet tanlovi yot g'oyalarga asoslangan axborot manbalaridan emas, balki sog'lom axborot makonidan unumli foydalanish, milliy qadriyatlarimizni ardoqlash, Vatanimizning boy tarixini keng jahonga tarannum etishda katta ahamiyatga ega ”
““MIT.uz” tanlovi doirasida yoshlarimiz tomonidan yaratilgan veb loyihalarda nafaqat dizayn va qulaylik, texnologik imkoniyatlar inobatga olingan, balki saytlarning sifatli axborot resurslari bilan boyitilganligi alohida e'tiborga molik. Bu saytlar endilikda axborot iste'molchilarining zarur manbayiga aylanib ulgurmoqda. Bu yilgi tanlovda ham iqtidorli yoshlarimizdan eng sara ijodiy ishlar kelishiga ishonamiz!”
“Qo'lidan mahrum bo'lgan insonlar kompyuterdan foydalanishi mumkinmi? Ajablanmang! Endilikda ular ham samarqandlik yosh ixtirochi Husan Ibrohimov yaratgan yangi dastur yordamida kompyuterda ishlashlari mumkin. Gap shundaki, u klaviatura yoki sichqoncha yordamida emas, balki ovoz orqali boshqariladi. Asosan, imkoniyati cheklangan, jamiyatdan ajralib qolgan insonlarning axborot texnologiyalaridan foydalanishiga mo'ljallangan ushbu dastur o'zbek, rus, ingliz tillarida ishlaydi. Yangi dastur yordamida kompyuterdagi barcha dasturlarda ishlashi mumkin. Hatto internetda ham. Bu “MIT.uz” – milliy internet tanlovi kashf etayotgan iste'dodli yoshlarning iqtidorlari samarasidir!”
“Mamalakatimizda yoshlar siyosatining amalda ekanligi o'sib kelayotgan iqtidor egalarining iste'dodlarini shakllantirishda, ularning sog'lom axborot makonini yaratishda o'z hissalarini qo'shishga imkoniyat yaratish, axborot olish madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu boradagi ishlarni amalga oshirishda “MIT.uz” – milliy internet tanlovi juda katta g'oyaga ega tanlovdir. ”

TASHKILOTCHILAR

AXBOROT HAMKORLAR